EYNSHTEYN Albert (1879.14.3, Ulm, Germaniya — 1955. 18.4, Prinston, AQSH) — nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvansh nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix un-ti (1909) va Berlin un-ti Bavariya FA fizika instituti direk tori (1914-33). 1933-y. dan to umrining oxirigacha Prinston in-tida (AQSH) ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Eynshteyn massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Eynshteynning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida t-ra pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Eynshteyn jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Eynshteyn gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. Eynshteyn ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Eynshteyn 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Eynshteynning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).