EZOP

EZOP (mil. av. 6-asr) — yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul boʻlib, soʻng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda boʻlgan, Delfada oʻldirilgan. Antik davrda maʼlum boʻlgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezop niki deb hisoblangan. Ular mil. av. 4—3alardan boshlab toʻplangan va «Ezop masallari» kitobiga kiritilgan. Mil. 10 — 15-asrlardagi qoʻlyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.

Ezop masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovtacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.

Ad.: Gasparov M. L., Antichnne literaturnme basni, M., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x