ETILEN, eten, S2N4 — eng oddiy toʻyinmagan uglevodorod, olefinlar gomologik qatorining boshlangʻich aʼzosi; kuchsiz hidli, rangsiz, zaharli, yonuvchan gaz. Suyuklanish t-rasi — 169,5°, qaynash t-rasi 103,8°; zichligi 566 kg/ m3. E. birikish reaksiyalariga juda shiddatli kirishadi. Etilen — organik birikmalarni sintezlashda muhim boshlangʻich mahsulotlardan biri. Etilenni polimerlash asosida sanoatda polietilen olinadi. Etil spirti, etilenglikol, etilenoksid, etilenpropilen kauchuklar va boshqalar olishda qoʻllanadi. Tibbiyotda jarrohlik operatsiyalarida umumiy narkoz sifatida ham ishlatiladi. Neftni qayta ishlash orqali va tabiiy gazdan koʻp miqdorda arzon Etilen olinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые