XAMIRTURUSH — xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hoz. davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi (yana q. Bijgʻish).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые