MANN (Mann) Genrix (1871.27.3, Lyubek, Germaniya — 1950.12.3, SantaMonika, Kaliforniya) — nemis yozuvchisi. «Ajoyibotlar mamlakatida» romani (1900), «Maʼbudalar» trilogiyasi (1903) da zodagon-yunkerlar monar-xiyasi va reaksion prus mafkurasiga qarshi chikdi. «Razil oʻqituvchi» romani (1905)da maktab tarbiyasining pruschamonarxik tizimini tanqid qilgan. «Katta muhabbat» dramasi (1912)da zi-yolilar takdiri yoritildi. «Imperiya» trilogiyasida («Sodiq fuqaro», 1914; «Kambagʻallar», 1917; «Bosh», 1925) Germaniyadagi 1jahon urushi arafasidagi ijtimoiysiyosiy voqealar tasvirlangan, jamiyatdagi salbiy hodisalar fosh etilgan. Mann Prussiya sanʼat akademiyasi badiiy soʻz shoʻbasi prezidenti etib saylandi (1931). Gitlerchilar hokimiyatga kelgach, Mann bu tashkilotdan chikarilib, nemis fuqaroligidan mahrum etildi. U vatanini tashlab, Fransiyaga ketishga majbur boʻldi. 1940-y. dan AQSHda yashadi. Mu-hojirlikda yaratgan publitsistik toʻplamlari («Nafrat», 1993; «Kun keladi», 1936; «Mardlik», 1939), «Qirol Genrix IV ning yoshligi» (1935), «Qirol Genrix IV ning balogʻati» (1937) romanlari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. «Sodiq fuqaro» romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые