PIROMETR (yun. rug — olov va …metr) — spektrning optik sohasida shaffofmas jismlarning nurlanishiga qarab ularning t-rasini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. P. yordamida t-rasi oʻlchanadigan jism issikdik muvozanatida turishi va yorugʻlik yutish koeffitsiyenti 1 ga yaqin boʻlishi ke-rak. Pirometr yordamida yuqori t-ralar oʻlchanadi. Ish prinsipiga qarab, ravshan, rangli va radiatsion Pirometr mavjud. Ravshan Pirometr kengtarqalgan, ular 103—104°K sohasidagi t-ralarni aniq oʻlchaydi.
Spektrning optik sohasida ^«const li jismlar t-rasini oʻlchashda rangli Pirometrdan foydalaniladi. Bunda spektrning koʻk va qizil sohalaridagi ravshanliklar nisbati (blXl T)/2(X2T) aniqlanadi. Asbob shkalasi °S larga boʻlingan, u jismning rang t-rasi (Ts)ni koʻrsatadi. Rangli Pirometr ravshan Pirometrdan murakkabroq, lekin sezgirligi va oʻlchash anikligi undan past. Rangli Pirometr ham 103—104 °K sohasidagi t-ralarni oʻlchaydi.
Jismning toʻliq nurlanishini ifodalovchi radiatsion Pirometr sezgir, lekin oʻlchash aniqligi pastroq. Ularning ishi Stefan—Bolsman nurlanish qonuni va Kirxgof nurlanish qonunita asoslangan. Radiatsion Pirometr kuzatilayotgan nurlanishni kabul kilgich (termoustun yoki bolometr) da fokuslaydi. Bunda signal mutlaq qora jismning nurlanishi boʻyicha taqsimlangan va radiatsion t-ra (T^ni koʻrsatadigan asbobda qayd qilinadi. Jismning haqiqiy t-rasi kuyidagi formula bilan ifodalanadi: T=at1/4T|, bunda at — jismning toʻla yorugʻlik yutish koeffitsiyenti. Radiatsion Pirometr 200° t-radan boshlab oʻlchaydi. Sanoatda Pirometr turli texnologik jarayonlarni t-ra boʻyicha nazorat qilish va boshqarish tizimida keng qoʻllanadi.