PILTA MILTIQ — porox zaryadi pilta bilan alanga oldiriladigan silliq stvolli miltiq. Dastlab arablarda paydo boʻlgan (12-a.). P. m. yogʻoch qoʻndoqqa mahkamlangan metall quvurdan iborat boʻlib, dumaloq oʻq bilan oʻqlangan. Nishonga olish va otish qulay boʻlishi uchun ayrim tirkagichlardan foydalanilgan. Otish uchun stvoldagi maxsus teshikchaga pilta tiqib yondiriladi, pilta yonib, teshikchadan stvol ichiga alanga beradi va oʻq otiladi. 15-a. oʻrtalarida piltali zatvor ixtiro etilgach, Pilta miltiqni otish birmuncha osonlashdi. Pilta miltiq tepkili miltiq yaratilguncha keng qoʻllanilgan. Pilta miltiqdan Oʻrta Osiyoda 19-a. 2yarmigacha jang va ov kuroli sifatida foydalanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые