MAKOVSKIY Vladimir Yegorovich

MAKOVSKIY Vladimir Yegorovich [1846.26.1 (7.2) , Moskva – 1920.21.2, Petrograd| — rus rassomi, rus rangtasvirida maishiy janrning yirik ustasi. Peterburg BA qaqiqiy aʼzosi (1893). Moskva rassomlik, xaykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida oʻqigan (1861—66), shu yerda, keyinchalik Peterburg BAning Oliy rassomlik maktabida dare bergan (1894—1918; 1895-y. dan rektor). M. dastlabki asarlaridayoq («Shifokor qabulxonasida», 1870; «Bulbul ishqibozlari», 1872—73 va b.) uning ziyrakligi, yumorni chuqur his qilishi, kundalik turmushni haqqoniy. hayotiy tasvirlay olishi yaqqol namoyon boʻldi. 1870-y. lardan ijodida asosiy mavzu — shaxar hayotini aks ettirdi: «Kutish» (1875), «Maqkum» (1879), «Bankning sinishi» (1881), «Uchrashuv» (1883), «Yoʻlkada» (1886—87) va b. M. asarlarida plener rangtasviriga yaqinlashdi, demokratik karashlarini «Volgada» turkum asarlarida ifoda etdi; portret va illyustratsiya (grafika) janrida xam samarali ijod qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x