DO`STLARGA ULASHING:
Ilonlar haqida🐍
______________________________
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) — tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bo’lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o’rta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bo’lib, yirik o’ljani yutayotganida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan; oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo’ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar bezidan zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan.
____________________________