DO`STLARGA ULASHING:
Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285 km². Aholisi 8,997 mln. kishi (2017). Poytaxti Bern shahri Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi.
Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidur. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan.