Go‘dakning ichi qotganda qanday yo‘l tutish kerak?

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

✅ Go‘dakning ichi qotganda qanday yo‘l tutish kerak?

Ich qotishining oldini olish uchun har bir ona quyidagi maslahatlarga amal qilishi zarur:
♻️chaqaloqni to‘ydirib emizing, qorni och qolmasin;

♻️chaqaloqni ko‘pincha qorni bilan yotqizib qo‘ying;

♻️bolani qo‘ltig‘idan ushlab tanasini harakat qildirish kerak;

♻️ichak faoliyatini yaxshilash uchun chaqaloqqa vrach bilan maslahatlashgan holda vitaminlar berib turish mumkin;

♻️bolaning qornini soat mili bo‘yicha asta-sekin silang.

Ayrim onalar chaqaloqning ichi qotganda uchiga vazelin surilgan naycha, gugurt cho‘pi yoki glitsirinli shamcha(svecha)lardan foydalanishadi. Bu narsalar chaqaloqning ich kelishiga biroz yordam beradi, lekin keyinchalik bola bunga o‘rganib qolishi ham mumkin.
Boshqa bir xil onalar esa go‘dakni klizma qilishga shoshiladilar. Chaqaloqning terisi juda nozik bo‘lganligi uchun klizma ko‘p hollarda noxush asoratlar keltirib chiqaradi. Ya’ni klizma qilishda salgina xatoga yo‘l qo‘yilsa, keyinchalik bolada paraproktit (yo‘g‘on ichak kasalligi) yuzaga kelishi mumkin.

❗️ESLATMA
Klizma qilishda salgina xatoga yo‘l qo‘yilsa, keyinchalik bolada paraproktit (yo‘g‘on ichak kasalligi) yuzaga kelishi mumkin.

Shuning uchun qadimda momolarimiz qo‘llab kelgan soddagina usuldan foydalanish yaxshi samara beradi. Yap-yangi kirsovunni olib pichoq uchida qiring, ingichka o‘ramchalar paydo bo‘ladi. Shularning birini chaqaloqning to‘g‘ri ichagiga sekingina kiriting. Biroq vaqt o‘tgach, kir sovun pilikchasi ichaklar devorini harakatga keltiradi va ichni yurishtiradi.
Umuman, chaqaloq hayotining dastlabki oylarida qabziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun bolani faqatgina ko‘krak suti bilan boqish talab etiladi. Chunki ona sutida bola organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha vitamin va mikroelementlar mavjud.

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x