DO`STLARGA ULASHING:
💊Supradin kids ryibki — 3 yoshdan boshlab bolalarga buyurish mumkin.
#Supradin kids ryibki
#Супрадин кидс рйибки
💊Dori shakli : pastilka
💊Tarkibi: 👇
⭐️Vitaminlardan — B 6 , B 12 , C , PP , E saqlaydi
⭐️Glyukoza , qand , jelatin , xolin saqlaydi
⭐️Limon kislota va yog’ kislota saqlaydi
💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA 👇
Bu preparat biologik aktiv modda hisoblanadi. Tarkibida bir nechta vitamin saqlagan preparatlar hisoblanadi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Ishtahani yaxshilaydi
— Xotirani mustahkamlaydi
— Asab tizimini tinchlantiradi
— Immunitetni oshiradi
— Kamqonlikka qarshi ta’siri bor
— Ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi
— Tetiklashtiruvchi xususiyatga ega
— Bolani o’sishi va rivojlanishi uchun buyuriladi
— Bosh miya aqliy va jadal fikrlash qobiliyatini oshiradi
💊QO’LLASH USULI 👇
Supradin kids ribka preparati ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
3 yoshdan katta bolalarga kuniga 1 jelatinli pastilka buyuriladi
4 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 2 ta jelatinli pastilka qabul qilish buyuriladi
Qabul qilish davomiyligi — 30 kun.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Qonda qand miqdorini oshiradi
— Tana vaznini oshiradi
Boshqa nojo’ya ta’siri kam kuzatilgan.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Qandli diabet kasalligida mumkinmas
— Semizlikda , ya’ni tana vazni ortiqcha bo’lganda
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Germaniya