YUKON — Shim. Amerikadagi daryo, Kanada va AQSH hududidan oqadi. Uz. 3700 km, havzasining mayd. 855 ming km2. Kordilyera togʻlaridan boshlanib, yuqori qismida Yukon platosidagi chuqur togʻ vodiysidan, katta qismi Alyaska tekisliklaridan oqadi. Bering dengizining Norton qoʻltigʻiga quyiladi. Asosiy irmoqlari: Tanana, Pelli, Porkyupayn va Koyukuk. Oʻrtacha suv sarfi 6,5 ming mUsek., bahorda toshadi. Okt. —noyabrda muzlaydi. May oyidan sentyabrgacha 3200 km masofada kema qatnasdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые