T.r | Arabcha atalishi | o’zbekcha atalishi | Burj belgisi | Hozirgi hisobda | O’zbekcha maqollari |
1. | Hamal | Qo’y | | 21-mart — 21-aprel | Hamal kirdi — amal kirdi |
2. | Savr | Sigir | | 22-aprel — 21-may | Savrning sanog’ida qishning yog’ini bor. Savr — ekinga davr |
3. | Javzo | Egizak qiz | | 22-may — 22-iyun | Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar |
4. | Saraton | Qisqichbaqa | | 23-iyun — 22-iyul | Saratonda suv qo’y, asadda tek qo’y |
5. | Asad | Arslon | | 23-iyul — 22-avgust | Asad — ekiningni yasat. Asadda oralab ye, sunbulada — saralab |
6. | Sunbula | Boshoq | | 23-avgust — 23-sentabr | Sunbulada suv sovir, mezonda — kun |
7. | Mezon | Tarozi | | 24-sentabr — 22-oktabr | Hamaldan so’ng qish kutma, mezondan so’ng — yoz |
8. | Aqrab | Chayon | | 23-oktabr — 22-noyabr | Aqrab kelar hayqirib, ayozini chaqirib |
9. | Qavs | Yoy | | 23-noyabr — 22-dekabr | Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil |
10. | Jaddiy | Tog’ echkisi | | 23-dekabr — 22-yanvar | Jaddiyda yilingni cho’t qil, yangi rejangni but qil |
11. | Dalv | Qovg’a | | 23-yanvar — 21-fevral | Dalv keldi — dehqonga gal keldi |
12. | Hut | Baliq | | 22-fevral — 21-mart | Yaxshi kelsa hut, xurma-xurma sut, Yomon kelsa hut, keragida put |