YOGʻIN OʻLCHAGICH — atmosfera yogʻinlari (yomgʻir, qor, doʻl) miqdorini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Eng keng tarqalgan xili (V. D. Tretyakov Yogʻin oʻlchagichi) yogʻin yigʻiladigan chelaksimon idish (yogʻin tushadigan yuza 200 sm2, balandligi 40. sm) va maxsus himoya qurilmasi (chelak atrofiga mahkamlangan plastinalar)dan iborat. Yogʻin oʻlchagich yerdan taxm. 2 m balandlikda idish yuzasi qatʼiy gorizontal turadigan qilib oʻrnatiladi. Yogʻin miqsori oʻlchov stakani yordamida oʻlchanadi. Oʻlchov birligi — mm. Qattiq yogʻinlar — qor, doʻl erib suvga aylanganidan soʻng oʻlchanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые