DO`STLARGA ULASHING:
Amerikada yuk avtomobili (truck) haydovchi o’zbeklar qancha daromad qiladi?
Amerikada logistika sohasi juda rivojlangan va davlatdagi tovalarning 70% dan ortig’i yuk avtomobillari orqali yetkazib beriladi. Bu sohada ishlovchilarga bo’lgan talab oshib bormoqda va ular orasida O’zbekistonliklar ham ko’plab uchraydi.
Yuk avtomobili haydovchilariga, ularning ish stajiga qarab haq to’lanadi va o’rtacha 1 mile (1,5 km atrofida) uchun $0.4-$0.75 to’lanadi.
Ularning yillik maoshlari (o’rtacha hisobda):
— Agar ish staji 1 yildan kam bo’lsa — $56 693;
— Ish staji 6-9 yil bo’lsa — $64 466;
— Ish staji 10 yildan ko’p bo’lsa — $68 177;
Ammo yuk avtomobili o’zingizga tegishli bo’lsa, sizning xizmat haqqingiz tepadagi narxlardan 2 baravar ko’proq bo’lishi mumkin.