YAGʻNOB TILI — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub va Tojikistondagi Yagʻnob daryosi vodiysida tarqalgan til. Ya. t. qadimiy sugʻd tili lahjalaridan birining rivojlanishi natijasidir. Unda soʻzlashuvchilar 2,5 ming kishiga yaqin. 2 ta asosiy (gʻarbiy va sharqiy) va bir qancha oraliq shevalarga ega. Ular oʻrtasidagi tafovutlar asosan fonetika va qisman morfologiya, leksika sohalarida kuzatiladi.
Lugʻat tarkibi tojikcha oʻzlashmalar va tojik tili orqali kirib kelayotgan boshqa millat soʻzlari bilan boyib bormoqda. Asl yagʻnob soʻzlari bilan oʻzlashmalarning oʻzaro nisbati turli soʻz turqumlarida turlichadir. Mas, asl yagʻnob soʻzlari feʼl va olmosh turkumlarida koʻproq uchraydi. Yagʻnoblar oʻz hududlaridan tashqarida va tojiklar orasida faqat yagʻnob soʻzlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadilar. Oʻz yozuviga ega emas, yozma til sifatida tojik tili qoʻllanadi.
Ad. Xromov A. L., Yagnobskiy yazmk, M., 1972.