YASSITEPA, Yassidepe — Turkmanistondagi Qaahqa aholi punktidan 9 km shim. gʻarbda joylashgan qadimiy manzilgoh xarobasi (mil. av. 4-ming yillik). 1950—51 yillarda S. A. Yershov va 1952 yil B. A. Kuftinlar tomonidan tadqiq etilgan. Xom gʻishtdan qurilgan turar joylar, xoʻjalik binolari qoldiklari chiqqan; geometrik naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar, suyak bigizlar, oʻgʻirtoshlar, loydan yasalgan sanam, mis buyumlar siniqlari topilgan. Turar joy devorida qalin qilib qora va qizil boʻyoq bilan boʻyalgan devoriy rasm qoldiqlari saqlangan. Bu rasm Oʻrta Osiyo hududida eneolit davrida shakllangan dehqonchilikkoʻchmanchilik madaniyatidan qolgan eng qadimiy devoriy rasm hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые