DO`STLARGA ULASHING:
Enalapril tabletka
#Эналаприл таблетка
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
Enalapril maleat — 5 mg yoki 10 mg dozada chiqadi.
💊Ta’siriga ko’ra 👇
Renin — angiotenzin tizimiga ta’sir qiluvchi vosita. Qon bosimini tushiruvchi ta’sirga ega.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Qon bosimi baland bo’lganda qabul qilinadi.
— Birinchi va uchinchi bosqichdagi yurak yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida qabul qilinadi.
— Yurak chap qorinchasi faoliyati buzilganda va funksiyasining buzilishida.
— Yurak chap qorinchasi funksiyasi pasaygandagi bemorlarda , yurak koronar ishemiyani oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Kuniga 1 tabletka qabul qilish buyuriladi. Boshida 5 mg lik doza qabul qilishdan boshlash kerak. Agar ta’siri yaxshi bo’lmasa shifokor maslahati bilan 10 mg dozadan kuniga 1 tabletka qabul qilinadi.
🚫NOJO»YA TA’SIRI 👇
— Gemoglobin pasayishi va anemiya kuzatilishi .
— Depressiya , bosh og’rig’i , ong chalkashishi va uyqusizlik
— Qon bosimini tushirib yuborishi kuzatilishi mumkin.
— Yuz, oyoq va qo’lda , labda shish kuzatilishi
❌QO»LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— Qon bosimi past bo’lganda va davleniyasi past yuradiganlarda.
— Organizmdagi shish bor holatlarida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
— Kaliy organizmda ko’pligida
— Qon tomirlar stenozida va tromblarda mumkin emas.
— Yurak ishemik kasalligida mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
💥Qandli diabet kasalligida mumkin emas.
——————————————————
🔰ENALAPRIL ANALOGI QAYSI ? 👇
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Belorussiya
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА» kanali