DO`STLARGA ULASHING:
Mobil dasturlar va o’yinlardan qanday daromad qilishadi?
Ko’p kishi pulni «internet» to’laydi deb o’ylashi mumkin. Aslida yo’q, pulni internet emas, reklama beruvchilar to’laydi.
E’tibor bergan bo’lsangiz, biror dastur yoki o’yin o’ynayotgan bo’lsangiz, internetni yoqishingiz bilanoq reklamalar chiqib boshlaydi. Ushbu reklamalar uchun ham kimdir qanchadir summa to’lagan, va shu tariqa ilova yaratuvchisi o’z mahsulotidan foyda ko’ra boshlaydi.
Ayrim dasturlar esa Play Market yoki AppStore’ning o’zida pullik bo’ladi. Bunday dasturlar o’ta mukammal va foyda dasturlardir, chunki keraksiz narsaga hech kim pul sarflamaydi.
Butun dunyoga mashxur PUBG o’yini haqida esa shaxsiy blogimizda (https://t.me/abdusattor/87) yozib o’tganmiz.
Reklamadan tashqari, o’yinlarda har xil pullik narsalar bo’ladi. Masalan, kiyimlar, mashinalar yoki o’yin valyutasi — bular barchasi real pullar. 1$ dan 100$ gacha. Odamlar shu uchun pul sarflashadi, shu tariqa ilovalar «yashash»da davom etishadi.