Torroks osmasi — aminokislota tarkibli osma

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

💊Torroks osmasi — aminokislota tarkibli osma.Kuchlantiruvchi vosita.
💊100 , 200 , 250 va 500 ml flakonda chiqariladi.

#Torroks osma
#Торрокс осма

💊Dori shakli : 👇

infuziya uchun eritma ( osma ).

💊TARKIBI : 👇

Barcha aminokislota , natriy gidroksid va ineksiya uchun suv.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Parenteral oziqlantirish uchun aminokislotali tarkibga ega bo’lgan eritma.

💊QO’LLANISHI 👇

— Og’iz orqali oziqlanish mumkin bo’lmagan va iloji bo’lmagan holatlarda.
— Ovqat hazm qilish a’zolarining og’ir kasalliklarida , ya’ni ichaklardan va oshqozondan ovqatning so’rilmasligida, ichakning yallig’lanish kasalliklarida qo’llaniladi.
— Pankreatitda va ichak oqmalarida qabul qilinadi.
— Jarohatlarda va jarohatdan keyingi holatlarda.
— Kuyish holatlarida va kuyishdan keyingi holatlarda qabul qilinadi.
— Sepsisda qo’llaniladi.
— Xavfli o’smalarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parenteral oziqlantirish uchun .( venadan yuboriladi.)
— Aminokislotalar yetishmovchiligida va oqsil organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.

💊QO’LLASH USULI 👇

Osmani venaga sekin tomchilab yuborish kerak.

🚫NOJO»YA TA’SIRI 👇

— Preparat yuborilgan joyda terini ta’sirlanishi va tromboflebit kuzatilishi mumkin.
— Qonda ammiak miqdori oshishi mumkin.
— Ko’ngil aynish , qusish , qorinda og’riq va charchoqlik xissi kuzatilishi mumkin.

❌QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMA 👇

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Jigar va buyrak faoliyati va funksiyasi yaqqol buzilganda.
— Oqsillar sintezi buzilganda
— Yurak yetishmovchiligining og’ir shaklida mumkinmas.
— Metanol bilan zaharlanishda mumkin emas.
— Qon bosimi baland yuradiganlarda , davleniyasi borlarda va taxikardiya xolatida mumkinmas.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Torroks osmasi qon bosimi , ya’ni davleniyani oshiradi. Shu sabab davleniyasi borlarga va qon bosimi oshgan holatlarda mumkin emas. Taxikardiyani keltirib chiqaradi.

💥Tana harorati oshgan holatda ham ushbu osmani qo’llash mumkin emas. Chunki osma isitmani ko’taradi.

💥Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan qo’llang ( esda saqlang ).

💥Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda ham endokrinolog maslahati bilan qo’llang.

 

💉Qo’llash — shifokor maslahati bilan.
💉Ishlab chiqaruvchi — Xitoy

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x