DO`STLARGA ULASHING:
💊Vazopro ampulasi — qon aylanishini va yurak faoliyatini normallashtiruvchi vosita.
💊Analogi — meldoniy , ripronat va mildronat ampulalari.
#Vazopro ampula
# Вазопро ампула
💊DORI SHAKLI : 👇
Ineksiya uchun eritma — 5 ml.
💊TARKIBI : 👇
— Meldoniy digidrati
— Ineksiya uchun suv
💊QO’LLANILISHI 👇
— Yurak ishemik kasalliklarida , ya’ni stenokardiya va miokard infarkti kabi holatlarda.
— Surunkali yurak yetishmovchiligida.
— O’tkir va surunkali buzilishlar.
— Bronxial astma va surunkali bronxit.
— Bosh miyada qon aylanishi buzilgan holatlarda.
— Bosh miya insultida va surunkali qon aylanishi yetishmovchiligida.
— Qon tomirlarda tromb bo’lgan holatlarda buyuriladi.
— Jismoniy charchoq holatlarida qo’llaniladi.
— Alkogolga o’rganib qolish holatlarida kompleks davo tarkibida qo’llanadi.
— Ishlash qobiliyati pasayishida
— Jismoniy o’ta zo»riqishda(masalan sportchilarda)
— Yurak faoliyatini va yurak klapanlar funksiyasini yaxshilash maqsadida qo’llanadi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Vena ichiga yuboriladi yoki osma ichiga qo’shib jo’natsa bo’ladi.
💊NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Bosh og’rig’i va bosh aylanishi
— Teri toshmalari
— Yurak ishini tezlashishi
— Qorinda va ko’krakda og’riq
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Cherepnoy davleniyada va bosh ichi o’smalarida mumkin emas.
— Markaziy nerv sistemasining organik zararlanishida.
— Homilador va emizikli ayollarda mumkin emas.
— Yosh bolalarda mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥18 yoshgacha bolalarda, xomiladorlikda va laktatsiya(bola sut bn oziqlantirilish davri) davrida qo’llanilmaydi
💥Og’ir jigar va buyrak kasalliklarida qo’llanilmaydi
💥Bosh miya ichki bosimining oshishida va miya hujayralari orasidagi o’sma kasalliklariga chalingan bemorlarda qo’llanilmaydi.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Ukraina .