Sinusit
Bu bir yoki bir nechta burun bo’shliqlarga ta’sir qiladigan yallig’lanish jarayoni bilan tavsiflangan kasallik. Kasallikning o’tkir va surunkali turlari ajralib turadi.
Mavjud sinusit turlari:
— gaymorit — yuqori jag’ bo’shlig’ining yallig’lanishi;
-frontit — frontal (peshona) bo’shliqlarining yallig’lanishi;
-sfenoidit — ponasimon bo’shliqning yallig’lanishi;
— etmoidit — g’alvirsimon suyak labirintining yallig’lanishi;
-pansinusit — barcha bo’shliqlarni yallig’lanishi.
Sinusit sabab bo’ladi:
— o’tkir respirator kasalliklar;
— o’tkir yuqumli kasalliklar (Gripp);
— tananing gipotermiyasi (harorati tushib ketishi);
-rinit, faringit asoratlari;
-jarohat, burun bo’shlig’i operatsiyalari;
— yuqori jag’ tishlarining yallig’lanish kasalliklari (Pulpit, Periodontit);
-allergik rinitning asoratlari;
-Burun poliplari (burun shilliq qavatidagi mayda o’smalar)-fiziologik xususiyatlar (o’rta devorning egriligi).
Sinusitga xos belgilar:
— to’xtamas tumov;
-Nafas olish qiyinlashishi;
— burundan yiringli oqimlar;
— burun yoki og’izdan yoqimsiz hid;
— ertalab kuchayadigan bosh og’rig’i;
— burun ko’prigidagi og’riq;
— ko’zlar ostida shishlar;
— yuqori jag’ning og’rig’i;-isitma.
Sinusitni davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
— burunni yuvish, ingalyatsiya;
-so’rib qurituvchi vositalar: Sinupret, Tsinnabsin, Sinuforte;
-fizioterapiya protseduralari (UVCH);
-xirurgik davolash (yiringni olib tashlash uchun bo’shl
iqni ochish, burun devorining egriligini yo’q qilish).
Sog’lig’ingizga befarq bo’lmang…
2021.02.12