NUROBOD TUMANI

NUROBOD TUMANISamarqand viloyatitt tuman. 1975-y. 26 noyab. da tashkil etilgan. Shim. dan Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyati, sharkdan Samarqand, Pastdargʻom tumanlari, jan. dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 4,79 ming km2. Aholisi 98,7 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Nurobod), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Jarquduq, Jam, Nurbuloq, Sazagʻon, Tim, Tutli, Ulus) bor. Markazi — Nurobod sh.

Tabiati. Relyefi, asosan, yassitogʻlik, tekislik, adir va qirlardan iborat boʻlib, sharkdan gʻarbga nishab. Qarnob choʻlining bir qismi tuman hududida joylashgan. Iqlimi konti-nental. Yillik oʻrtacha t-ra 14°, eng yuqori t-ra 43°. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogan 275 mm. Yogʻinning asosiy qismi qishda va bahorda tushadi. Sharqidan Eski Anxrr va Moskva kanallari, tuman markazidan Galabek-Sobirsoy oqib oʻtadi. Qoratepa togʻlaridan Oqsoy, Anjirli, Omondara soylari oqib tushadi. Asosan, boʻz va qum tuprokli yerlar. Yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qoʻziquloq, chitir va b. oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, jayran; qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, tustovuq, oʻrdak, qargʻa; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, echkemar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tojik, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 20 kishi. Shahar aholisi 8,7 ming kishi, qish-loq aholisi 90,0 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaliklari asosan, chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik, tokchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 2 qoʻshma korxona, 58 kichik korxona, 5 aksiyadorlik jamiyati mavjud (2003).

Q. x. ning yetakchi tarmogʻi gʻallachilik. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 5627 ga, shu jumladan, 2 ming ga yerga gʻalla, 130 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 30 ga yerga kungaboqar, 155 ga yerga beda ekiladi, 3370 ga yer bogʻdan iborat. Nurobod tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 520 fermer xoʻjaligi mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 20,7 ming koramol, 280,2 ming qoʻy va echki, 16,7 ming parranda, 1461 ot bor (2003).

2002/2003 oʻquv yilida 75 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 26 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Kasb-hunar kolleji, kasbhunar maktabi, musiqa va sport maktablari faoliyat koʻrsatadi. Kutubxona, 52 klub, 16 madaniyat uyi, stadion va sport maydonlari ishlab turibdi.

10 kasalxona, tugʻruqxona va b. tibbiy muassasalarda 120 vrach, 624 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2003). Tuman xududida mineral bulokli «Nagorniy» sanatoriysi bor. Xalqaro va Samarqand — Qarshi yoʻnalishidagi poyezdlar tuman hududidan oʻtadi.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x