NURALI QIZIQ

NURALI QIZIQ Nurmat oʻgʻli, Layzongul (1882 — Qoʻqon —1969) — xalq qiziqchisi, askiyachi, nayrangboz, ertakchi. Toshkentlik Orif nayrang, qashqarlik Ismoil Hojidan nayrang va chinnilar (lagan, taqsimchalar va b.) bilan tomosha koʻrsatishni oʻrgangan. 1909—14 y. larda Yusufjon qiziq bilan askiya va qiziqchilikda tortishgan. Asosan, tomoshalarni yakka oʻzi koʻrsatgan. Repertuaridan kulki-hikoyalar, lof, nakd va latifalar oʻrin olgan. Nurali qiziqning iplar yerdamida xarakatga keltiruvchi Layzongul degan qoʻgʻirchogʻi boʻlib, uni taʼriflab qoʻshiq aytgan. «Layzongul» laqabi shundan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻis-tonning koʻpgina shaharlarida tomoshalar koʻrsatgan, hikoyalari, taʼriflarini oʻzbek, qozoq, tojik, uygʻur tillarida olib borgan. Asosan, Fargʻona vodiysi va Toshkentda ijod etgan. Nurali qiziq tilidan oʻnlab qiziqchilik va ertaklar yozib olingan, shundan bir qismi 1990-y. da «Luqmoni Hakim» nomi bilan nashr qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x