NINEVIYA

NINEVIYA (Ninua, Ninn) — qad. Ossuriyadagi shahar (hoz. Iroqdagi Mosul sh. yaqinida). Mil. av. taxm. 5-ming yillikda asos solingan. Mil. av. 3-ming yillikdan mixxat xujjatlarida qayd etilgan. Savdo yoʻllari kesishgan yerda joylashgani uchun Old Osiyoning tarixida muhim rol oʻynagan. Mil. av. 9-a. dan ossuriy shohlari qarorgohi. Nineviyaning yuksalishi va ravnaq topishi, uni Ossuriya davlati va «jahon»ning poytaxtiga aylanishi mil. av. 8—7-a. larga oiddir (Sinaxerib va uning vorislari davrida). Nineviyaning shim. qismida Sinaxeribning «jan.-gʻarbiy saroyi» va ichki qismi devorlari harbiy, ov va maishiy saqnalarni aks ettirgan juda koʻplab barelyeflar b-n bezatilgan. Ashshurbanipalning hashamatli «shim. saroyi» joylashgan. Ash-shurbanipal saroyida davlat arxivi va podshox. kutubxonasi boʻlgan. Kutubxonada 20 mingdan ziyod «kitob» — mixxat sopol jadvalchalar boʻlgan. Nineviyaning jan. qismida Ishtar maʼbudasining markaziy sajdagox. i — Emishmish ibodatxonasi (mil. av. 3-ming yillikdan boshlab qayd etilgan) va podshoh Asarxaddon saroyi qurilgan. Mil. av. 612-y. N. Yangi Bobil podshosi Nabopalasar va Midiya podshosi — Kiaksar tomonidan yer bilan yakson qilingan. Rimliklar Nineviya oʻrnida Claudia Ninus harbiy koloniyasi (manzilgohi)ni barpo etganlar. Nineviya xarobalari Kuyunjik shahar xarobasida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x