NIKOLAY I

NIKOLAY I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Sarskoye Selo, hoz. Pushkin sh. — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825—55). Pavel I ning 3-oʻgʻli. Dekabristlar qoʻzgʻolonini bostirgan (1825). Nikolay I davrida markazlashgan davlat byurokratik apparati kuchaytirilgan, 3-boʻlim (inqilobiy harakatga qarshi kurashish uchun siyosiy politsiya) barpo etilgan; Rossiya imperiyasi qonunlar majmuasi tuzilgan, yangi senzura ustavlari joriy qilingan (1826, 1828). 1837-y. Rossiyada birinchi marta Sarskoye Seloda t. y. harakati ochilgan. Nikolay I 1 ichki siyosatining asosiy maqsadi — samoderja-viye-krepostnoylik tuzumining mustahkamligini saklash edi. 1830—31 y. lardagi Polsha qoʻzgʻoloni; 1848—49 y. lardagi Vengriya inqilobini qonga botirgan. Muqaddas ittifoqning tamoyillariga qaytishi Nikolay I tashki si-yosatining muhim tomoni boʻlgan. Nikolay I 1. davrida Rossiya Kavkaz (1817—64), Rossiya—Eron (1826—28), Rossiya—Turkiya (1828-29), Qrim (185356) urushlarini olib borgan. Xiva xonligini bosib olish maqsadida Perovskiy eks-peditsiyasini joʻnatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x