NIZOMSHOHLAR

NIZOMSHOHLAR — Shim.-Gʻarbiy Dekandagi Axmadnagar davlatini boshqargan sultonlar sulolasi (1490— 1633). Asoschisi — Malik Ahmad Bahriy, bahmaniylar lashkarboshisi. U oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib nizomshoh unvonini qabul qilgan. Burhon 1 (1509 — 53) davrida Nizomshohlar nihoyatda kuchaygan, boburiylar bilan kurash olib borganlar. Akbar N. dan Berar viloyatini tortib olgan. 1633-y. soʻnggi nizomshoh Husayn-shoh III (1630—33) boburiylarga asir tushgan va ular 1636-y. Ahmadnagarni oʻz davlatlariga qoʻshib olganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x