NEʼMATOV Soyibjon Sodiqovich

NEʼMATOV Soyibjon Sodiqovich (1941. 16.4, Andijon) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994), texnika fanlari d-ri (1980), prof. (1984), Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1965). Toshkent avtomobil yullari in-tida kafedra mudiri (1972 — 78), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (1978 — 85), Toshkent politexnika in-ti «Kompozitsiyey materiallar» i. t. boʻlimi mudiri (198589), «Kompozit» ilmiy-texnika markazi bosh di-rektori (1990—92), «Fan va taraqqiyot» ilmiy-texnologiya kompleksi raisi (1992-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari qattiq jismlar mexanokimyosi, mod-dalarning radioaktivlik, magnit maydoni, elektr quvvati taʼsirida ishqalanishini kamaytirish, tebranish quvvatini yutish, energiya va moddiy resurslarni tejashga imkon beradigan texnologiyalarni kashf etishga oid. Uning rahbarligida polimer mate-riallar va sanoat chiqindilari asosida samarali antifriksion, yeyilishga va yemirishga bardoshli, tebranishga chidamli kompozitsion materiallar olinib, mashinasozlik, qurilish, q. x. va b. sohalarda qoʻllangan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

As: Adgezionnыye i prochnostnыye svoystva polimernыx materialov i pokrыtiy na ix osnove, T., 1979; Osnovы sozdaniya polimernыx kompozitov, FRG, SSHA, Yaponiya, T., 1986; Kompozitsionnыye materialы na osnove neorganicheskix i organicheskix veщyestv, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x