NEFTEDOLLARLAR

NEFTEDOLLARLAR (ing. petrodollars) — neft eksport qiladigan mamlakatlar neftni chetga sotganlarida AQSH dollarida oladigan pul vositalari. Neftedollarlar 20-a. ning 70-y. lari oʻrtalaridan neft narxlarining tez koʻtarilishi oqibatida paydo boʻldi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar ingliz-amerika neft korporatsiyalari bilan kurashish natijasida neft qazib olish ustidan oʻz nazorati darajasini oshirdi va neftdan olinadigan daromadlarda oʻz xissasini oshirishga, neftning jahon narxlarini keskin koʻtarishga erishdilar. 1970-y. lar oʻrtalari —80-y. lar boshida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarning daromadlari katta miqyosga yetdi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti — (OPEK)ga kiruvchi mamlakatlarning tashqi daromadi 300 mlrd. dollardan oshib ketdi.

OPEK aʼzolarining koʻpchiligi daromadlarini milliy iqtisodiyotni yuksaltirish, taʼlim, sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga sarfladilar, ayrimlari boʻsh turgan pul mablagʻlarini Gʻarb mamlakatlari banklariga qoʻydilar va shu tariqa bu mablagʻlar «Neftedollarlar» nomini oldi.

Neftedollarlar rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbaiga aylandi, toʻlov balansы taqchilligini qoplashda foydalanildi. Chet ellardagi qoʻyilmalardan Neftedollarlar egalari bulgan mamlakatlar katta daromad kura boshladi. Mas, Fors qoʻltigʻi mamlakatlarining 1980-y. larda chet ellardagi qoʻyilmalaridan olgan daromadlari bu mamlakatlar eksport tushumlariningʻD qismini tash-kil etdi. Neft qazib oluvchi mamlakatlarning chet el banklaridagi qoʻyilmalari hajmi hamon katta boʻlib qolmoqda. Mac, 1994-y. lar oʻrtalarida Quvaytning chet ellardagi xususiy qoʻyilmalari 120 mlrd. dollar, BAA-niki 23 mlrd. dollar, Katarniki 14 mlrd. dollar boʻlgan.

Qodirjon Yusupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x