NETTO (ital. netto — sof) — mahsulotning oʻrov-idishsiz sof ogʻirligi; tovarning tashlamalar kirmagan sof narxi, xarajatlar ayirib tashlangandan keyingi sof daromad. Xoʻjalik amaliyotida Netto aktivlarining (kompaniya kapitalining nomoddiy aktivlar va qarz majburiyatlari bilan birgalikdagi) bozor narxlaridagi qiymati.
N. – daromad (hamma chiqimlar chegirilganidan keyin qoladigan daromad), N. – foyda (sof foyda), N. – foiz (solik/ iap chegirib tashlanganidan keyingi foiz toʻlovlari) kabi shakllari bor.