SIYOLKAT

SIYOLKAT — Pokistonning shim. sharqiy qismidagi shahar, Panjob viloyatida. Hindiston chegarasiga yaqin. Aholisi 417,6 ming kishi (1998). Yirik savdosanoat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (elektrotexnika) va metallsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Tibbiyot (jarroxlik) va musika asboblari, sport anjomlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda metall idishlar tayyorlanadi, gilam toʻqiladi, yogʻoch va metall oʻymakorligi rivojlangan. Sda sikh diniga asos solgan Guru Nanakning maqbarasi va b. meʼmoriy yodgorliklar saqiangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x