SARDINIYA

SARDINIYA — Oʻrta dengizdagi orol, Apennin ya. o. dan gʻarbda. Korsika o. dan Bonifacho boʻgʻozi orqali ajralgan. Italiya hududi. Mayd. 24 ming km2. Sharkiy qirgʻoqlari tik, gʻarbi nisbatan qiya. Relyefi sharqida togʻli (eng baland joyi — LaMarmor togʻi, 1834 m), asosan, granit va kristalli slaneslardan tuzilgan. Gʻarbi va shim. gʻarbi lavali va tufli plato, jan. gʻarbi Kampidano pasttekisligidan iborat. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 7—10°, iyulniki 24—26°. Ichliga tekisliklarda 600 mm dan togʻlarda 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Yozi qurgʻoqchil. Daryolari qisqa, qishda toʻlib oqadi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Doim yashil va barg toʻkuvchi oʻrmonlar, makvis chakalakzorlari bor. Xoʻjaligida q. x. va konchilik rivojlangan. Kartoshka, dukkakli va donli ekinlar ekiladi, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi, qoʻy boqiladi. Yirik shahri va porti — Kalyari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x