SAPONINLAR

SAPONINLAR (lot. saponis — sovun) — glyukozidlar guruhiga mansub azotsiz murakkab organik birikmalar. Saponinlarning taʼmi achchiq, hidi oʻtkir, chayqatilganda (konsentratsiyasi 0,001 g/l boʻlgandayoq) sovunga oʻxshab koʻpiradi. Sof Saponinlar — rangsiz yoki sargʻish amorf moddalar. Suvda eritilganda kolloid eritmalar hosil boʻladi. Suvli eritmalari moylar va smolalar bilan barkapop emulsiyalar beradi. Kislota yoki fermentativ gidroliz natijasida Saponinlar monosaxaridlarga va uglevod boʻlmagan qism — aglikon (sapogenin) ga parchalanadi. Raʼnodoshlar, chinniguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarda ayniqsa koʻp. Tarkibida Saponinlar boʻlgan oʻsimliklar (mas, sovundaraxt, qizilmiya, ipomeya, yetmak va b.) tibbiyotda balgʻam koʻchiradigan va siydik haydaydigan vosita sifatida ishlatiladi. Oziqovqat sanoatida turli ichimliklar, qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda qoʻllanadi. Baʼzi Saponinlar (sapotoksinlar) oʻta zaharli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x