TERSKAY OLATOVI

TERSKAY OLATOVI — Tyanshandagi togʻ tizmasi. Jan. da Issiqkoʻl soyligi bilan chegaradosh. Eng baland joyi 5216 m. Uz. 380 km. Asosan, granit, metamorfik slanes, ohaktoshlardan tuzilgan. Shim. yon bagʻri tik va baland, koʻplab daryolarning chuqur daralari bilan oʻyilib ketgan, jan. yon bagʻri qiya, 3600 — 4000 m balandlikda tekis sirtlarga qoʻshilib ketadi. Muzliklarning umumiy mayd. 1080 km2. Shim. yon bagʻrining daralarida Tyanshan qora qaragʻayi oʻrmonlari, togʻ qirralari yaqinida baland togʻ oʻtlokdari va oʻtloq dashtlar, jan. yon bagʻrida toshloq tundra bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x