TERMIZ DARYO PORTI

TERMIZ DARYO PORTI — Amudaryoning yuqori oqimida, Termiz sh. da joylashgan dare porti; xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan ishlab chiqarish. birlashmasi. 1994-y. dan tashkil etilgan. Tarkibida «Termiz» dare porti, suv yoʻlining Termiz uchastkasi, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Mayd. 20,5 ga. 1953-y. da qurilgan. Tashqi savdo yuklariga moʻljallangan sigimi 10 ming t boʻlgan yopiq va 100 ming t yukka moʻljallangan ochiq omborlarga ega. Portga kiraverishda fumigatsiya kameralariga ega boʻlgan «Termiz porteksport» t. y. styasi, 6 km uzunlikdagi ichki port shoxobcha yoʻli, quvvati 7000 tGʻsutka boʻlgan neft quyish prichali bor.

Port tashki savdo eksportimporttranzit va gumanitar yuklarni ortishtushirish, yuklarni omborxonalarda saklash, dare floti yordamida yuklarni Afgonistonning Sherxon va Hayraton portlariga yetkazib berish, belgilangan tariflarga koʻra, yoʻlovchilarni tashish va b. vazifalarni bajaradi. Termiz daryo porti Jahon xalqaro yuk tashuvchi va xalqaro ekspeditor dengiz va dare portlari roʻyxatiga kiritilgan. Termiz daryo portining yuk oʻtkazish yillik quvvati 600 ming t, yuklarni tushirishortish quvvati 900 ming t. Turli maqsadlardagi 17 ta teploxod va yuk barjalariga, 10 ga yaqin port kranlariga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x