YELIMLI BIRIKMA

YELIMLI BIRIKMAmashina detallari, qurilish konstruksiyalari, mebellar, yengil sanoat buyumlari va b. ning yelim yordamida tayyorlanadigan ajralmas birikmalari. Yelimli birikma turli xil materiallarni mahkamlashga imkon beradi. Poʻlat, alyuminiy, jez, tekstolit, getinaks, shisha, faner, yogʻoch, gazlama, plastmassa, rezina va b. materiallardan buyumlar tayyorlashda Yelimli birikma foydalaniladi. Jihozlarni yigʻish va inshootlarni qurishda Yelimli birikma payvandlash, parchinlash va b. usullarning oʻrnini qoplashi mumkin. Siljishga yoki bir tekis uzilishga duchor boʻladigan birikmalarda Yelimli birikma usuli qoʻllaniladi. Yelimli birikma choki juda mustahkam boʻlib chiqadi. Mas, plastmassalarning yelimlangan choki mustahkamligi material mustahkamligidan ham yuqori boʻladi, lekin Yelimli birikma uzoqqa chidamaydi. Yelimli birikma uchun duradgorlik yelimlari, universal (hammabop) yelimlar, organik va anorganik yelimlar ishlatiladi (q. Yelim).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x