Toshkentda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma manbalar


Post Views:
825

O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida:

  1. “Katta Langar” Qur’oni (VIII asr).
  2. Qur’oni karimning hijriy 665 yili mashhur xattot Ismoil Muborak ko‘chirgan nusxasi (ma’nolarining forsiy tarjimasi bilan).
  3. Ayyub Muhammad o‘g‘li. “Tarixi Ajam” (XVI asr).
  4. Burhoniddin Marg‘inoniy. “Al-Hidoya”, milodiy 1773 yili ko‘chirilgan.
  5. Abdulloh Xatib Tabriziy. “Mushkatul Masabix” (XVI asr), milodiy 1737 yili ko‘chirilgan.
  6. Akbarxo‘ja Xoji. “Bahrul Mavvaj”, xattot Abulfaqir Rahimberdi, hijriy 1244 yili ko‘chirilgan.
  7. Mahmud Zamaxshariy. “Tafsirul Kashshof” (XIII asr).
  8. Abul Qosim Qushayriy. “Tafsir al Qushayriy” (XVIII asr).
  9. Jurjoniy. “Zaxiratul Xorazmshoh” (XII asr) hattot Abdurahmon, milodiy 1685 yili ko‘chirilgan.

O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida:

  1. Burhoniddin Marg‘inoniy mashhur “Hidoya” asarining Movarounnahr, Afg‘oniston, Misr, Qoshg‘ar, Hindiston va boshqa yurtlarda ko‘chirilgan saksonta qadimiy nusxasi.
  2. Avrangzeb Olamgir topshirig‘iga ko‘ra bir guruh salohiyatli faqihlar tuzgan to‘rt jildli “Fatovoyi Olamgiriya” kitobining bir necha nusxasi.
  3. Xattot Mavlaviy Soqiy Muhammad Balxiy-Buxoriy 1671 yilda ko‘chirgan Sa’diddan Taftazoniyning “Sharhi aqoid”, 1683 yilda ko‘chirgan Nasafiyning “Aqoid” asari qo‘lyozmalari.
  4. Ulug‘ muhaddis Abu Iso Termiziy “Ash shamoilun nabaviya” asarining 1510 va 1533 yillari ko‘chirilgan qo‘lyozmalari.
  5. Mashhur faqih va mufassir Ishoq ibn Ibrohim Shoshiy ta’lif qilgan “Kitabul usul” asarining milodiy 1371 yili xattot Sadruddin ibn Alouddin ko‘chirgan noyob qadimiy nusxasi.
  6. Faqih Abu Lays Samarqandiyning 1467 yili ko‘chirilgan “Xazonatul fikh” asari qo‘lyozmasi.
  7. Abul Barakot Nasafiy (vafoti milodiy 1310 yil)ning “Al-Vofiy” va “Minoral usul fi fusulul fiqh” asarlari.
  8. Sharafudsin Ali Yazdiy mashhur “Zafarnoma”sining jahonda yagona bebaho nusxasi.
  9. Abulqosim Nosiruddin Muhammad ibn Yusuf Samarqandiy-Madaniyning (vafoti 1258) “Kitabul multaqat
  10. fil fatovoil hanafiyya” (“Multaqati Nosiriy”) asarining shayx Hibbatulloh milodiy 1395 yilda ko‘chirgan
  11. noyob nusxasi.
  12. Kamoluddin Abdurazzoq Koshoniy-Samarqandiyning (vafoti milodiy 1330) “Kitabul istilohot” va “Risola fil qazo val qadar” asarlarining milodiy 1381 yili ko‘chirilgan qo‘lyozmalari.
  13. Xoja Muhammad Porso Buxoriyning (milodiy 1348-1420) “Tafsiri Qur’on”, “Sharhi fiqhi Kaydoniy”, “Al-hadisul arba’in” kabi asarlari qo‘lyozmalari.

“Hidoyat” jurnali, maxsus son, 2007 yil

www.ziyouz.com kutubxonasidan foydalanildi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x