JONBOS IV

JONBOS IV — Oʻzbekistonda birinchi topilgan neolit davriga (mil. av. 4 — 3 – ming yillik) oid Kaltaminor madaniyatining eng nodir va muhim yodgorligi. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan (1938—40, 1945). Jonbos IV1U da mayd. 300 m2 boʻlgan chayla qoldigʻi topilgan. Chayla kattagina urugʻ jamoasining yashash joyi boʻlib, unda qariyb 100—120 kishi yashagan. Kuygan qamish va xoda qoldiqlariga qaraganda chayla ustunli, oval shaklida boʻlib, qamish b-n yopilgan. Unda bitta katta va yigirmadan ortiq kichik oʻchoq oʻrni qayd etilgan. Oʻchoqlar girdi va chayladan baliq (choʻrtan, zogʻora, laqqa), hayvon (toʻngʻiz, jayran, Buxoro bugʻusi), qush suyaklari va tuxum poʻchoqlari hamda bir qancha mayda tosh qurollar topilgan. Tosh qurollar orasida tosh bolta va ponalar, keskich, oʻroq hamda oʻq-yoy paykonlari uchraydi. Topilgan sopol idishlarning tubi yumaloq boʻlib, sirtiga chizma naqsh berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x