JOVANYOLI

JOVANYOLI (Giovagnoli) Raffaello (1838.13.3 – Rim – 1915.15.8) – italyan yozuvchisi. Risorjimento qatnashchisi, Jovanyoli Garibaldi safdoshi boʻlgan. Jovanyolining Qadimgi Rim haqidagi «Plautilla» (1878), «Saturnino» (1879), «Messalina» (1855) va b. tarixiy romanlarida mustabid tuzumga qarshi romantik kurash ohangi jaranglab turadi. Mil. gacha boʻlgan 1-a. dagi qullar va gladiatorlarning qoʻzgʻoloni haqidagi «Spartak» (1874) romani Jovanyoliga shuhrat keltirdi. Bu roman bir oz sentimental ruxda yozilganiga qaramasdan, qad. oʻtmishda zulmga qarshi kurashgan isyonkor obrazini ulugʻlaydi. Muallif romanida ijtimoiy adolat va teng huquqlik uchun kurashga daʼvat etadi. Jovanyolining «Spartak» romani Rustam Abdurahmonov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1970).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x