JINSIY YETILISH

JINSIY YETILISH, voyaga yetish, pubertat davr (lot. pubertas — boʻyiga yetish, jinsiy yetilish) — odam (q. Balogʻatga yetish) va hayvonlarda organizmning jinsiy koʻpayish qobiliyatiga ega boʻlgan individual rivojlanish davri. Jinsiy yetilishdan soʻng reproduktiv davr keladi. Tana oʻlchami, umrning qisqa yoki uzoq boʻlishi hamda Jinsiy yetilish vaqti oʻrtasida bogʻlanish mavjud. Qisqa umr koʻradigan mayda hayvonlar erta jinsiy yetiladi. Maye, 30—35 sutka umr koʻradigan boshaylangʻichlilar 4—5 sutkada, mayda baliqgambuziya hayotining 1-yili, oʻn yillab umr koʻradigan yirik baliqlar 5—15 y. da va hatto undan ham kechroq voyaga yetadi. Koʻpchilik qushlar hayotining 1 – yoki 2-yili jinsiy yetiladi. Oposeium, koʻrsichqon va b. baʼzi hasharotxoʻrlar, koʻrshapalaklar, tovushqonlar va jayralar 10 y. umr koʻradi, umrining 1-yili voyaga yetadi. Yalqovlar, chumolixoʻrlar, pangolinalar, kurakoyoqlilar 15—30 y. yashaydi, 2—5 y. da voyaga yetadi. Ammo xuddi shuncha umr koʻradigan boʻrisimonlar 6—8 oyda voyaga yetadi. 30 y. gacha umr koʻradigan yirik yirtqichlar (pantera, yoʻlbars, leopard, arelon) 3—5 y. da, 60—70 y. yashaydigan fillar 12—20 y. da, tuban maymunlar 2—4 y. da, odamsimon maymunlar 8—10 y. da voyaga yetadi. Koʻpchilik hayvonlar urgʻochisi erkaklariga nisbatan erta voyaga yetadi. Maymunlarda Jinsiy yetilish davri bir necha oyga, odamda bir necha y. ga choʻziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x