JENEVA KONVENSIYALARI

JENEVA KONVENSIYALARI (1949) — urush jabr yetkazganlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalar, 1949-y. 12 avg. da Jeneva sh. da qabul etilgan bitim. Bu bitimga:

1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash;

2) dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema xalokatiga uchraganlar ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish;

4) urush davrida aholini muhofaza etish toʻgʻrisidagi konvensiyalar kiradi. Konvensiyalar qabul qilingan konferensiya ishida 56 davlat qatnashgan. Jeneva konvensiyalariga 1907 va 1929-y. lardagi xalqaro konvensiyalar asos boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x