OLTOY QOʻRIQXONASI — Oltoyning shim.-sharqiy qismidagi davlat qoʻriqxonasi. Rossiyaning Oltoy oʻlkasidagi Teles koʻli (Oltinkoʻl) yaqinida. Mayd. 889 ming ga (1999). Tayganing oʻziga xos tabiatini hamda Jan. Sibirning baland togʻli tundrasini qoʻrikdash maqsadida tashkil etilgan. Togʻlarda balandlik mintaqalari koʻzga yaqqol tashlanib turadi; oq qaragʻay, oq qaragʻay-kedr va kedr-tilogʻochli tayga oʻrmonli subalp mintaqasi bilan almashingan, undan yuqoriroqda esa alp mintaqasi (butali tundra va alp oʻtloqlari, shagʻallilishaynikli va toshloq tundra) boshlanadi. Hayvonlardan maral, los, kabarga, morxoʻr, yelik, qoʻngʻir ayiq, suvsar, boʻrsiq, tiyin, burunduq, bars; parrandalardan ular, oq va tundra kakliklari, karqur, chil, qur koʻp.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые