ERITRODERMIYA

ERITRODERMIYA (yun. qizil va — teri) — butun gavda terisi yoki koʻpgina qismining yalligʻlanishi (qizarishi, shishishi, poʻst tashlashi, qipiqlanishi, qichishishi) bilan kechadigan kasallik. Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi Eritrodermiya (mas, Ritter eksfoliativ dermatiti), shuningdek, ekzema, psoriaz va boshqalar teri kasalliklari yoki umumiy kasalliklar (zamburugʻli mikoz, qon kasalliklari) tufayli vujudga keladigan ikkilamchi Eritrodermiya farq qilinadi. Kasallik oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali kechadi. Davolash Eritrodermiyaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etish va kasallik belgilariga qarab doridarmonlar buyurishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x