KOMEDIYA

KOMEDIYA (yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Boʻlarni qalamga olish orqali Komediya yara-tiladi.

K. Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy Komediyalar yaratgan Aristofan (mil. av. 5—4-a. lar) Komediyaning «otasi» hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. av. 3—2-a. lar) Plavt va Terensiy atokli Komediya chilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V. Shekspir va B. Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K. lari katta oʻrin tutadi. 17—18-a. larda Komediyada realistik mayllarning kuchayishida J. B. Molyer va P. Bomarshe (Fransiya), K. Goldoni (Italiya), G. Lessing (Germaniya), R. Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-a. lardagi rivoji B. Shou, B. Brext, Sh. OʻKeysi, B. Nushich, J. Anut, N. Gogol va b. ijodi bilan bogʻliq.

Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi Komediyalar 20-a. da paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga – Hamza («Maysaraning ishi»), Abdulla Qahhor («Tobutdan tovush»), Sayd Ahmad («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Erkin Voqidov («Oltin devor»), Hamid Gʻulom («Toshbolta oshiq»), Bahrom Rahmonov («Surmaxon»), Sharof Boshbekov («Temir xotin») va b. munosib hissa qoʻshdilar.

Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning «Xatolar komediyasi»), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, «Maysaraning ishi»), kishilar xarakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, «Tartyuf»; A. Qaxlor, «Ayajonlarim»; E. Vohidov, «Oltin devor») K. lar mavjud. Shuningdek, Komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N. Gogol, «Revizor», A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), yumoristik Komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan Komediya — Gossi, «Malikai Turandot», Sayd Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni», Hamid Gʻulom, «Toshbolta oshiq») va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R. Muhammadjonov, «Suyunchi» filmi) turlariga boʻlinadi. 20-a. da Komediyaning tragikomediya (L. Pirandello, J. Anuy), tragifars (E. Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.

Ad.: Fe d N . B ., Iskusstvo komedii, ili Mir skvoz smex, M, 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x