BELOZERSKIY Andrey Nikolayevich [1905. 16 (29). 8, Toshkent — 1972.31.12, Moskva] — biokimyogar, Rossiya FA akad. (1962); vitse-prezidenti (1971 — 72). Oʻrta Osiyo davlat untini tugatgan (1927). Moskva davlat unti, ayni vaqtda sobiq Ittifoq FA Biokimyo in-ti prof. (1946 it dan). Asarlari oqsillar, asosan nuklein kislotalarga bagʻishlangan. Belozerskiy dezoksiribonuklein kislota (DNK) bilan ribonuklein kislota (RNK)ning yuksak va tuban oʻsimliklarda keng tarqalganini aniqlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые