DO`STLARGA ULASHING:
Glution ampula
#Глутион ампула
💊DORI SHAKLI 👇
Liofizilirlangan poroshok ko’rinishida , erituvchisi bilan birgalikda . Erituvchisi ineksiya uchun suv — 4 ml.
💊TARKIBI 👇
Glutation moddasi — 600 mg dozada.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Zaharlanish va intoksikatsiya holatlarida qo’llaniladi. Antidot, antioksidant , gepatoprotektor va immunomodulyator ta’sirga ega vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Jigarning toksik , alkogol , virus va boshqa narsalardan zaharlanishlarida qo’llaniladi.
— Jigarning antibiotik , kontratseptiv , virusga qarshi dori vositalar oqibatida va dorilardan zaharlanish holatlarida qo’llaniladi.
— Jigar sirrozida , sirroz oldi xolatida va jigar ichi xolestazi kasalliklarida qo’llaniladi.
— Operatsiyadan keyingi narkoz og’ir holatlaridan tiklanish uchun .
— Jigar yetishmovchiligida va alkogoldan zaharlanishda va o’rganib qolish kabi holatlarda.
— Parkinsonizm va Altsgeymer kasalligida qo’llanadi.
— Stress va depressiv holatdagi jigar faoliyati buzilishida qollaniladi.
— Qandli diabet va tireotoksikoz holatida qo’llaniladi.
— Ateroskleroz va artritlarda qo’llaniladi.
— Buyrak yetishmovchiligida , nefritda va nefropatiyada qo’llaniladi.
— Oligospermiya ( spermaning soni kamayishi holatida ) qo’llash mumkin.
— Surunkali bronxitda , pnevmoniyada va o’pka tuberkulyozida qo’llaniladi.
— Yurak ishemik kasalligida , bepushtlikda va psoriaz , vitiligo kabi teri kasalligida qo’llash mumkin.
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
Preparat kasallikning yengil holatlarida sutkasiga 1 flakon glutionni mushak orasiga , vena ichiga ( sekin yuborish kerak 2 — 3 minut davomida ) va osma ichiga qo’shib tomchilab jo’natish mumkin. Kasallikning og’ir holatlarida esa sutkasiga 2 flakon qo’llash mumkin ( Faqat shifokor maslahati bilan qabul qiling ).
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Bosh og’rigi va bosh aylanishi
— Ko’ngil aynishi , qusishi
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
Preparatga allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.
🔰ESLATMA 👇
Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashing.
💉NARXI 👇
10 ta flakon — 320 ming so’m
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Italiya.
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali