QOʻSHOYOQLAR

QOʻSHOYOQLAR, qoʻshoyoqsimonlar — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 14 urugʻi, 30 turi maʼlum. Yevro-osiyo, Shim. Afrika va Shim. Ameri-kada tarqalgan. Tanasining uz. 5—26 sm; dumi tanasidan uzun, uchida bir tutam tuki bor. Orqa oyoqlari oldin-gisiga nisbatan 3—4-marta uzun, 1-va 5-barmoqlari qisqargan yoki butunlay yoʻq. Keyingi 2 oyogʻida sakrab harakat qiladi. 3 m gacha uzunlikka sakraydi. Iliq va issiq mintaqalardagi dasht, choʻl va chala choʻllarda, togʻlardagi ochiq landshaftlarda yashaydi. Yidda 2-martda 1—8 tadan bolalaydi. Hamma Qoʻshoyoqlar qishki uyquga kiradi. Tunda yoki oqshomda faol. Oʻsimlikning yer ostki qismi, urugʻlari, baʼzan hasharot va ularning lichinkalari bilan oziklanadi. Urta Osiyoda mitti Qoʻshoyoqlar, katta Qoʻshoyoqlar, seversov qoʻshoyogʻi, yemuranchik qoʻshoyoq, jun-oyoqli Qoʻshoyoqlar, turkman qoʻshoyogʻi, taroq-barmoqli Qoʻshoyoqlar va b. tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x