FTOR

FTOR (yun. phthoros — oʻlim, buzilish, lot. Fluorum) , F — Mendeleyev davriy sistemasining VII mansub guruhiga kimyoviy element; galogenlarga kiradi. Tartib raqami 9, at. m.

18,9984. F. bir izotop |9Gʻ dan iborat. Shuning uchun Ftor «sof element» xisoblanadi. Ftorning 5 ta radioaktiv izotopi sunʼiy ravishda olingan.

Ftorning dastlab maʼlum boʻlgan birikmasi kalsiy ftorid SaGʻ2 dir. 1771-y. da shved kimyogari K. Sheyele ftorid kislota NGʻ ni oldi. A. Amper 1810-y. da ftorid kislotaning xlorid kislotaga oʻxshashligiga asoslanib, xlor kabi yana bir element mavjud, u kashf etilishi kerak degan fikrga keldi. Fransuz kimyogari A. Muassan 1886-y. da kaliy ftorid qoʻshilgan suvsiz ftorid kislotani platina idishda — 55° da elektrolizlab ilk bor erkin Ftor olgan.

Ftorning eng muhim minerallari: flyuorit yoki kalsiy ftorid SaGʻ2 (tarkibida 48,7% F. bor) va kriolit Na3AlF6 (tarkibida 54,3% F. bor). Ftor birikmalari tabiiy suvda, oʻsimlik va hayvon organizmida uchraydi. F. Yer poʻstining massa jihatidan 2,710~2% ini tashkil qiladi.

Ftor och sariq tusli, oʻtkir hidli, zaharli gaz. Nafasni boʻgʻadi. Suyuqlanish trasi — 219,6°, qaynash trasi — 188,1°. Gaz holatdagi Ftorning zichligi 1,693 g/l (0°, 760 mm sim. ust. da). Erkin Ftor 2 atomli molekula — Gʻ2 dan iborat. Ftor birikmalari juda mustahkamligidan, uni kimyoviy usullarda erkin holatda ajratib olib boʻlmaydi. Ftor suv bilan reaksiyaga kirishadi, benzol, xloroform kabi erituvchilarda eriydi. Ftor juda faol element, eng kuchli metallmas, eng kuchli oksidlovchi. Ftor kislorod va azotdan boshqa barcha elementlar bilan makbul reaksion sharoitda bevosita birikadi. Ftor vodorod bilan hatto qattiq holatda (—250°da) ham shiddatli reaksiyaga kirishib vodorod ftorid NGʻ hosil kiladi. Uning bilvosita usulda olingan kislorodli birikmasi Gʻ2O zaharli gaz. Ftor platina, oltin va b. asl metallarga ularning choʻgʻ holatida taʼsir etadi. Qoʻrgʻoshin, nikel va misning sirti Ftor atmosferasida 100°dayoq shu metallar ftoridlari qavati bilan qoplanadi va bu qavat metallni Ftorning keyingi taʼsiridan sakdaydi. Ftor oʻz birikmalarida — 1 valentli.

Flyuorit CaF2 F. ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Unga 130° da sulfat kislota taʼsir ettirib vodorod ftorid olinadi. Sof holdagi Ftor olish uchun KFHF yoki KF2HF tarkibli tuzlarning elektrolizidan foydalaniladi.

Olingan Ftorning asosiy qismi ftororganik birikmalar (freon CF2C12, vinil ftorid CH2=CHF) tayyorlash uchun sarflanadi. Suyuq Ftor raketalarda ishlatiladigan suyuq yonilgʻilar uchun oksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Gazsimon Ftor atom texnikasida uran (IV)ftoridni oksidlab uran ^1)ftoridga aylantirish uchun ketadi. Ftor, shuningdek, xlor ftorid C1F3 (bu modda suyuq raketa yonilgi uchun oksidlovchi sifatida ishlatiladi), kobalt, kumush, marganes, surma kabi metallarning ftoridlarini tayyorlashda qoʻllanadi (bu ftoridlar ftorlovchi vosita sifatida ishlatiladi). Odam organizmida massa jihatidan 110~5% F. bor. Bir sutkada organizmga ovqat orqali 1 mg ga yaqin miqdorda Ftor kiradi. U barcha organ va toʻqimalar tarkibida boʻladi, lekin uning asosiy qismi — 99,4%i qattiq toʻqimalar (suyaklar, tishlar, soch)da toʻplanadi.

Ftor — zaharli, u nafas yoʻllari, oʻpka va markaziy nerv sistemasi va b. organlar (yurak, koʻz)ga salbiy taʼsir etadi. Ftor teriga tekkanda suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Ftor oʻtga chidamsiz, portlaydi. Shu sababli Ftor bilan ishlaganda ehtiyoj choralariga rioya qilish talab etiladi.

Ad.: Kasыmova S. S, Biogennыye elementы, T., 1990; Parpiyev N. A. Rahimov X. R., Muftahov A. T., Anorganikkimyo,. T., 2003.

Stalina Qosimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x