FRAKIY TILI, frakiyadakiya tili — qad. da Bolqon yarim orolining shim. sharqida, shuningdek, Kichik Osiyoning shim. gʻarbida yashagan hindevropa qabilalari — frakiyaliklar tili; mil. av. 6—3-a. larga mansub, yunon yozuvida yozilgan, izohlanishi qiyin bir qancha yozuvlar, antik va vizantiyalik mualliflar asarlaridagi koʻplab atokli nomlar, hoshiyaviy sharxlar, keyingi antik davr vrachi Dioskorid roʻyxatidagi dakcha oʻsimlik nomlari orqali maʼlum ulik til. Hindevropa tillari oilasi tarkibidagi alohida guruhni tashkil etadi.
Bolgar, rumin, rus olimlari tomonidan Frakiy tilining bir qator fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari aniqlangan; yaxlit bogʻliq matnlar yoʻkligi sababli sintaktik jihatlari amalda oʻrganilmagan. Frakiy tili elementlari (substrati) hoz. bolqon tillarida (asosan, rumin va alban tillarida) saqlanib qolgan.